Yordam
Savolingiz boʻlsa yoki biror narsa ishlamasa, bizga yozing — tez javob beramiz.
Biz bilan bogʻlanish
Ish vaqti: Du-Ju, 9:00-20:00
Koʻp soʻraladigan savollar
Testni rasmdan qanday yarataman?
Kabinetda rasm yoki fayldan import qiling: test sahifasini rasmga oling yoki Word, PDF, Excel faylni yuklang. Quizla savol va javoblarni ajratadi, siz tekshirib tasdiqlaysiz. Botda esa rasm yoki faylni shunchaki yuboring.
Oʻquvchilar qanday qatnashadi?
Jonli oʻyinda ekrandagi PIN yoki QR orqali quizla.uz/play sahifasidan yoki botdagi /join orqali kiradi. Mustaqil testda esa siz yuborgan havola orqali istalgan vaqtda yechadi — roʻyxatdan oʻtish shart emas.
Telegram bot va sayt bitta akkauntmi?
Ha. Saytdagi «Sozlamalar» boʻlimida Telegram akkauntingizni ulang — botda yaratgan quizlaringiz saytda, saytdagilari botda koʻrinadi.
Tarif qanday toʻlanadi?
Saytdagi «Tarif» sahifasida karta orqali (chek bilan) yoki Click orqali, botda esa Telegram Stars bilan. Promokodingiz boʻlsa, toʻlashdan oldin kiriting.