Jonli oʻyin (sinfda)
Savollar katta ekranda, oʻquvchilar telefonidan javob beradi, reyting jonli koʻrinadi.
- 1
«Boshlash» → «Jonli oʻyin»
Quiz sahifasida «Boshlash» ni bosing va «Jonli oʻyin» ni tanlang.

- 2
Sozlang va oching
Har bir savolga vaqtni, yakka yoki jamoaviy oʻyinni tanlang va «Oʻyinni ochish» ni bosing.

- 3
Ekranni koʻrsating
Kompyuter ekranini proyektor yoki televizorga chiqaring: PIN kod va QR kod koʻrinadi.

- 4
Oʻquvchilar qoʻshiladi
Oʻquvchilar telefonda saytga kirib PIN kodni yozadi yoki QR kodni skanerlaydi. Hamma qoʻshilgach «Boshlash» ni bosing.

- 5
Savollar va reyting
Har bir savoldan keyin toʻgʻri javob va reyting chiqadi. «Keyingisi» bilan davom eting.

- 6
Natijalar
Oxirida gʻoliblar chiqadi. «Batafsil natijalar» da har bir oʻquvchining javoblari va test tahlili.

Boshqa yoʻriqnomalar
- Qogʻoz test: tayyorlash va chop etishJavob varaqlarini chop etasiz, oʻquvchilar belgilaydi, telefoningiz tekshiradi.7 qadam
- Varaqlarni rasmga olib tekshirishTelefonda olingan rasmlardan har bir oʻquvchining bali oʻzi hisoblanadi.5 qadam
- Telefon kamerasi bilan tekshirishEng tez yoʻl: varaqlarni kamera oldida birma-bir koʻrsatasiz, natijalar oʻzi yoziladi.5 qadam
- Natijalar va test tahliliKim nechta yechgani, qaysi savollar qiyin boʻlgani va har bir oʻquvchining javoblari.6 qadam
- Sinf va oʻquvchilar roʻyxatiRoʻyxatni bir marta kiritasiz — keyin har bir testda ismlar oʻzi chiqadi.5 qadam
- Quiz yaratishKitobdagi testni rasmga olsangiz yoki matnini qoʻysangiz, savollar oʻzi ajratiladi.5 qadam
- Uy vazifasi (mustaqil test)Havola yuborasiz — oʻquvchilar oʻzlariga qulay vaqtda yechadi, natijalar oʻzi yigʻiladi.5 qadam