Varaqlarni rasmga olib tekshirish
Telefonda olingan rasmlardan har bir oʻquvchining bali oʻzi hisoblanadi.
- 1
Varaqni rasmga oling
Varaqni tekis joyga qoʻying va tepadan rasmga oling: toʻrtta qora burchak va QR kod koʻrinib tursin.

- 2
Rasmlarni yuklang
Test sahifasida «Rasm yuklash» ni bosing va hamma rasmlarni birdan tanlang.

- 3
Natijalarni koʻring
Har bir varaq uchun oʻquvchi ismi va bali chiqadi. «Tekshirish kerak» — ayrim belgilari aniq oʻqilmagan varaqlar.

- 4
Noaniq belgini tuzating
Varaqni oching, oʻquvchi belgilagan harfni bosing va «Saqlash». Ism notoʻgʻri boʻlsa, roʻyxatdan toʻgʻrisini tanlang.

- 5
Kalitni tuzatish
Kalitda xato topilsa, «Kalit va baholash» boʻlimida tuzating: tekshirilgan varaqlar oʻzi qayta hisoblanadi.

Boshqa yoʻriqnomalar
- Qogʻoz test: tayyorlash va chop etishJavob varaqlarini chop etasiz, oʻquvchilar belgilaydi, telefoningiz tekshiradi.7 qadam
- Telefon kamerasi bilan tekshirishEng tez yoʻl: varaqlarni kamera oldida birma-bir koʻrsatasiz, natijalar oʻzi yoziladi.5 qadam
- Natijalar va test tahliliKim nechta yechgani, qaysi savollar qiyin boʻlgani va har bir oʻquvchining javoblari.6 qadam
- Sinf va oʻquvchilar roʻyxatiRoʻyxatni bir marta kiritasiz — keyin har bir testda ismlar oʻzi chiqadi.5 qadam
- Quiz yaratishKitobdagi testni rasmga olsangiz yoki matnini qoʻysangiz, savollar oʻzi ajratiladi.5 qadam
- Jonli oʻyin (sinfda)Savollar katta ekranda, oʻquvchilar telefonidan javob beradi, reyting jonli koʻrinadi.6 qadam
- Uy vazifasi (mustaqil test)Havola yuborasiz — oʻquvchilar oʻzlariga qulay vaqtda yechadi, natijalar oʻzi yigʻiladi.5 qadam