quizla
Yordam

Qogʻoz test: tayyorlash va chop etish

Javob varaqlarini chop etasiz, oʻquvchilar belgilaydi, telefoningiz tekshiradi.

  1. 1

    Quizni tayyorlang

    «Quizlarim» boʻlimida quizni oching yoki «Yangi quiz» bilan yarating. Har bir savolning toʻgʻri javobi belgilangan boʻlsin.

    1-qadam: Quizni tayyorlang
  2. 2

    «Boshlash» → «Qogʻozda»

    Quiz sahifasida «Boshlash» tugmasini bosing va «Qogʻozda» ni tanlang.

    2-qadam: «Boshlash» → «Qogʻozda»
  3. 3

    Nima chop etilishini tanlang

    Faqat javoblar varagʻi (titul), test kitobchasi bilan titul yoki javobni kitobchaning oʻzida belgilash. Oʻng tomonda varaq qanday chiqishi koʻrinib turadi.

    3-qadam: Nima chop etilishini tanlang
  4. 4

    Sinfni tanlang va yarating

    Sinf tanlansa, har bir oʻquvchiga ismi yozilgan varaq chiqadi. Sinf boʻlmasa, «Sinfsiz» qoldiring. Keyin «Yaratish va chop etish» ni bosing.

    4-qadam: Sinfni tanlang va yarating
  5. 5

    Koʻrib chiqing va chop eting

    Chop etishdan oldin barcha sahifalar koʻrinadi. «Chop etish» ni bosing: printer, qogʻoz oʻlchami va nusxalar soni chop etish oynasida tanlanadi. Keyin ham test sahifasidagi «Chop etish» shu oynani ochadi.

    5-qadam: Koʻrib chiqing va chop eting
  6. 6

    Oʻquvchilar javobni belgilaydi

    Oʻquvchilarga ayting: javob doirachasini toʻliq boʻyash eng ishonchli; ✓ yoki ✗ ham oʻqiladi, lekin doirachani tashqaridan aylantirmasin. Varaqni buklamaslikni tayinlang.

    6-qadam: Oʻquvchilar javobni belgilaydi
  7. 7

    Varaqlarni tekshiring

    Test sahifasidagi 2-qadam: «Kamera bilan» varaqlarni birma-bir koʻrsating yoki «Rasm yuklash» bilan rasmlarini yuklang. Natija darhol chiqadi.

    7-qadam: Varaqlarni tekshiring

Boshqa yoʻriqnomalar