quizla
Yordam

Telefon kamerasi bilan tekshirish

Eng tez yoʻl: varaqlarni kamera oldida birma-bir koʻrsatasiz, natijalar oʻzi yoziladi.

  1. 1

    Kamerani oching

    Menyudagi «Tekshirish» istalgan testingiz varaqlarini tekshiradi (test QR koddan topiladi); test sahifasidagi «Kamera bilan» faqat shu testnikini. Telegramda botdagi «📷 Kamera bilan tekshirish» tugmasi test kamerasini ochadi.

    1-qadam: Kamerani oching
  2. 2

    Kameraga ruxsat bering

    Kamera oʻzi yoqiladi: telefon soʻraganda kameraga ruxsat bering. Yoqilmasa, «Kamerani yoqish» tugmasini bosing.

    2-qadam: Kameraga ruxsat bering
  3. 3

    Varaqni koʻrsating

    Varaqni kamera oldida tuting: toʻrtta qora burchak koʻrinsa, oʻzi oʻqiydi. Ovoz chiqadi va natija pastda paydo boʻladi.

    3-qadam: Varaqni koʻrsating
  4. 4

    Keyingi varaq

    «Saqlandi» yozuvi chiqqach, keyingi varaqni qoʻying. Bitta varaq ikki marta sanalmaydi.

    4-qadam: Keyingi varaq
  5. 5

    Tugatish

    Internet uzilsa, varaqlar navbatda turadi va aloqa tiklanganda oʻzi yuboriladi. Tugatgach «Tayyor» ni bosing.

    5-qadam: Tugatish

Boshqa yoʻriqnomalar